Oppo K15s: 8000 mA·ch batareya va 120 Gts ekranli smartfon

Oppo kompaniyasi 8000 mA·ch sig'imli akkumulyator, harbiy darajadagi himoya va Dimensity chipiga ega yangi Oppo K15s smartfonini taqdim etdi.
Oppo texnologiya brendi bozorni yana bir yangi qurilma bilan boyitdi. Kompaniya o'ta chidamli korpusi hamda gigant akkumulyatori bilan ajralib turuvchi Oppo K15s smartfonini rasman e'lon qildi. Mazkur model kundalik foydalanishda ham, og'ir sharoitlarda ham yuqori chidamlilik ko'rsatishga mo'ljallangan.
Yirik batareya va harbiy darajadagi himoya
Qurilmaning eng asosiy afzalliklaridan biri bu 8000 mA·ch sig'imga ega yirik batareyasidir. U 45 Vt quvvatni qo'llab-quvvatlovchi SuperVOOC tezkor quvvatlash tizimi bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, batareya resursi 2000 martadan ortiq zaryadlash sikliga mo'ljallangan bo'lib, o'rtacha har 1,3 kunda to'liq quvvatlanganda ham yetti yil davomida o'z boshlang'ich sig'imining kamida 80 foizini yo'qotmaydi.
Smartfon korpusi IP69K, IP69, IP68 va IP66 darajasidagi suv hamda changdan himoyaga ega. Shuningdek, gadjet GJB150A-2009 harbiy standartining 15 ta qattiq sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan. Maxsus mustahkamlangan konstruksiya va 72 oylik laboratoriya eskirish sinovlari qurilmaning uzoq xizmat qilishini ta'minlaydi.
Sifatli ekran va texnik xususiyatlar
Yangi model 6,57 dyuymli tekis OLED displey bilan ta'minlangan bo'lib, u 1080p piksellar o'lchamini va 120 Gts yanglanish chastotasini qo'llab-quvvatlaydi. Ekran sensor qatlami nam yoki yog'li barmoqlar teginishini, shuningdek, qalinligi 5 millimetrgacha bo'lgan qo'lqoplar bilan boshqarishni bemalol taniy oladi.

Gadjet ishlashi uchun Dimensity 6360 Max mobil protsessori mas'ul bo'lib, u LPDDR4X tezkor xotira va UFS 2.2 turdagi xotira bilan to'ldirilgan. Qizishning oldini olish maqsadida 4300 kvadrat millimetr maydonga ega bug' kamerali samarali sovutish tizimi o'rnatilgan.
Narxlar va qo'shimcha imkoniyatlar
Asosiy kamera 50 megapiksellik datchikni o'z ichiga oladi. Shuningdek, qurilmada NFC moduli, infraqizil uzatuvchi va elektromobillar bilan o'zaro ishlash uchun maxsus funksiyalar mavjud. Xaridorlar uchun Wind Purple va Shadow Gray rang variantlari taqdim etiladi.
- 6 GB tezkor va 128 GB xotirali versiya narxi — 1699 yuan
- 8 GB tezkor va 256 GB xotirali versiya narxi — 1999 yuan
Yana o'qing

Oppo Find X10 Pro Max kamerasining imkoniyatlari
Insayder uchta 200 megapikselli kameraga ega Oppo Find X10 Pro Max smartfoni yordamida olingan konsert suratlarini namoyish etdi.

M-Kopa M20 smartfoni HMD Arc 2 modeli asosida chiqadi
Insayderlar ma'lumotiga ko'ra, yangi M-Kopa M20 smartfoni texnik jihatdan HMD Arc 2 modelini takrorlaydi, biroq orqa paneli bilan farqlanadi.

Galaxy Z Fold7 uchun Android 17 va One UI 9 chiqdi
Samsung AQShda T-Mobile tarmog'idagi Galaxy Z Fold7 egalari uchun Android 17 bazasidagi One UI 9 barqaror yangilanishini tarqatishni boshladi.

RedMagic 12 Pro+ Geekbench sinovida rekord natija ko'rsatdi
RedMagic 12 Pro+ smartfoni Geekbench 7 sinovlarida Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori bilan kutilganidan ham yuqori natija qayd etdi.